Mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga “oilabay” yondashuv tizimini joriy etish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy
Mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga “oilabay” yondashuv tizimini joriy etish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning soni va sifatini oshirish, bunga javobgar bo‘lgan vazirlik va idoralarning masʼuliyatini kuchaytirish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘qitish tizimini yanada jadallashtirish zamon talabiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi 300-sonli qarori bilan mahallalardagi xotin-qizlar faollariga ijtimoiy xizmat yo‘nalishida qo‘shimcha vazifalar yuklatildi va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi negizida mahallalarda davlat ijtimoiy xizmatini yoki yordamini ko‘rsatishda davlat organlari va tashkilotlarining idoralararo elektron hamkorligini amalga oshirishga xizmat qiluvchi “Mahallada ijtimoiy xizmat” avtomatlashtirilgan maxsus elektron moduli ishlab chiqildi.
2022 yilda “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyatining 723 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasining 424 ta, Andijonning 894 ta, Buxoroning 544 ta, Jizzaxning 302 ta, Qashqadaryoning 819 ta, Navoiyning 330 ta, Namangannning 788 ta, Samarqandning 1126 ta, Sirdaryoning 236 ta, Toshkent viloyatining 1022 ta, Farg‘onaning 1062 ta, Xorazmning 531 ta, Toshkent shahrining 584 ta mahallalaridagi jami 9385 nafar xotin-qizlar faollari “Mahallada ijtimoiy xizmat” avtomatlashtirilgan maxsus elektron moduli o‘rnatilgan planshetlar bilan taʼminlandi.