Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasi maʼlumotiga ko‘ra:
Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasi maʼlumotiga ko‘ra:
“Ayollar daftari” tizimining 3-bosqichi doirasida mazkur daftarga kirgan ehtiyojmand xotin-qizlardan 214 ming 47 nafarining bandligi taʼminlandi, 45 ming 616 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun jami 478 mlrd 934 mln so‘mlik kreditlar ajratildi.
Boquvchisini yo‘qotgan 178 ming 801 nafar xotin-qizga, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy yordamga muhtoj 121 ming 521 nafar xotin-qizga hamda qaramog‘ida nogiron farzandi mavjud 70 ming 922 nafar xotin-qizga jami 396 mlrd. 936 mln. so‘m miqdorida moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 10 ming 241 nafar hamda uy-joyga muhtoj 1 ming 846 nafar xotin-qizga jami 7 mlrd. 249 mln. so‘m miqdorida moddiy yordamlar berildi.
Boquvchisini yo‘qotgan 4 ming 598 nafar hamda ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, tezkor tibbiy yordamga muhtoj 2 ming 748 nafar xotin-qizning uy-joylari taʼmirlandi.
Qaramog‘ida nogironligi bor farzandi bo‘lgan 3 ming 952 nafar xotin-qizga tomorqasidan samarali foydalanishiga ko‘maklashildi.
Uy-joyga muhtoj bo‘lgan 10 ming 909 nafar xotin-qizning uy-joy sharoitlarini yaxshilash choralari ko‘rildi. Ularning 6 987 nafariga turar-joy uchun jami 8 mlrd 785 mln so‘m miqdorida ijara to‘lovi uchun kompensatsiya to‘lab berildi, 3 ming 343 nafari arzon uy-joylar bilan taʼminlandi, 579 nafari ijtimoiy uylarga joylashtirildi.
Mazkur asosiy yordamlardan tashqari, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi amaliy yordamlar ko‘rsatildi:
– 214 ming 19 nafar xotin-qizlar va ularning 41 ming 18 nafar voyaga yetmagan farzandlariga tibbiy yordam berildi;
– 279 ming 73 nafar xotin-qizga huquqiy yordamlar ko‘rsatildi;
– 231 ming 879 nafariga malakali psixologik maslahatlar berildi;
– 23 ming 818 nafariga dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun jami 4 ming 448 gektar yer maydoni ajratilishiga ko‘maklashildi;
– 11 ming 768 nafariga yer maydonlarini sug‘orish, issiqxonalar qurish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish va boshqalar uchun jami 66 mlrd. 962 mln. so‘m miqdorida subsidiyalar berildi;
– 879 nafar xotin-qizga kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yordam berildi va ushbu maqsadlar uchun 747 mln. so‘m grand mablag‘lari ajratildi;
– oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan 144 nafar xotin-qizlar va “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarning 37 nafar farzandlariga kontrakt to‘lovining bir qismi (jami 730 mln. so‘m) to‘lab berildi.
Umuman olganda, “Ayollar daftari”ning 3-bosqichi ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha manbalar hisobidan jami 1,3 trln. so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.