Avval xabar berganimizdek, mahallalarda oila va ayollar masalalari bo‘yicha muammolarni o‘rganish, bartaraf etish maqsadida iki muhim jarayon, jumladan:
Birinchidan: respublikaning barcha mahallalarida “Mahallada ijtimoiy xizmat” avtomatlashtirilgan maxsus elektron moduli orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilmoqda va mazkur modul o‘rnatilgan planshetlar mahalla xotin-qizlar faollariga tarqatilmoqda.
Ikkinchidan: “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritiladigan xotin-qizlar ro‘yxatlarini shakllantirish maqsadida xatlovlar boshlandi.
Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi xabariga ko‘ra:
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Umarova tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanida 70 nafar xotin-qizlar faollariga zamonaviy planshetlar topshirildi.
Shundan so‘ng “Ayollar daftari”ni yuritish hamda muhtoj oila ва xotin-qizlarning muammolarini kompleks o‘rganish ва ularni hal etishga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga maqsadli yordam berish, bunda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining xizmatiga to‘xtalib o‘tildi.
Uchtepa tumani hokimi Oila va xotin qizlar bo‘limi rahbari Maktuba Aripova boshchiligida mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida "Ayollar daftari"ning 4 bosqichini shakllantirish, belgilangan vazifalar va yuzaga kelayotgan ayrim muammolarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.