Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi «Galaravot» mahallasida yashovchi fuqaro A.A.ning xonadonida uning turmush o‘rtog‘i 21 yoshli M.A. va 5 oylik farzandi P.M. o‘lik holatda, 28 yoshli A.A.ning jasadi esa tomda osilgan holda topilgan.
2022-yil 25-dekabr kuni sodir etilgan ushbu holat viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. Bunga qadar ushbu oila tinch yashab kelgani, nizoli holat aniqlanmaganini qayd etish joiz.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, A.A. xotini va farzandini o‘ldirgach, o‘z joniga qasd qilgan.
Ushbu hodisa yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Viloyat Oila va xotin-qizlar
boshqarmasi matbuot xizmati.