Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro J. L ning tuman tibbiyot birlashmasida eri tomonidan tazyiqqa uchraganligi sababli og‘ir ahvolda yotganligi, ammo hech kim holidan xabar olmaganligi to‘g‘risida axborot tarqaldi.
Holat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi J. L katta yo‘lda avtomashina urib ketishi natijasida avtohalokatga uchraydi. Shu sababli tuman tibbiyot birlashmasiga yotqiziladi.
Shu kunning o‘zida, tunda G‘allaorol tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R. Boymatova shifoxonaga yetib borgan.
Bugun esa Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati shaxsan nazoratga olib, fuqaroni viloyat shifoxonasida ko‘riklardan o'tkazib, travmatalogiya bo‘limiga joylashtirdi (jarayonlarda murojaatni ko‘tarib chiqqan bloger ham bor edi).
Ayni paytda bemor normal holatda, o‘ng oyog‘i boldir suyagi singan, boshi biroz jarohat olgan. Shifokorlar nazoratida, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ham fuqarodan xabar olib turibdi.
Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi