Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Bugungi axborot davri tezkorlik va xushyorlikni talab qiladi. Jamoatchiligimiz har bir holat va masalaga faol munosabat bildirmoqda. Davlat tashkilotlari masʼullari ham toboro insonlarga yordam berishni nafaqat xizmat vazifasi yoki majburiyati, balki vijdon ishi deb his etmoqda.

Umida Navro‘zova Jizzax viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritadi.

Yaqin kunlarda uning Jizzax viloyatida jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan bir holatga tezkor va vijdonan yondoshganini eʼtirof etmoqchimiz va barcha hududlardagi Matbuot xizmatiga masʼul bo‘lgan xodimlarni voqea hodisalarga befarq bo‘lmaslikka, tezkorlik va faollikka chaqiramiz.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi