Davlatimiz rahbarining 2022 yil 29 iyundagi PQ–300-son qaroriga asosan mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi negizida “Mahallada ijtimoiy xizmat” avtomatlashtirilgan maxsus elektron moduli yaratildi.
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari va 16 ta ijtimoiy himoyaga mas’ul vazirlik, idoralarning 4,4 ming nafarga yaqin mutaxassislari ushbu ishga mas’ul etib belgilandi. Mazkur tizim tajriba-sinov sifatida BMTning Bolalar fondi (YUNISEF) bilan birgalikda Surxondaryo viloyatining mahallalarida joriy etildi. 2022 yilning 31 dekabr kuni 9406 ta mahalladagi xotin-qizlar faollari maxsus planshetlar bilan to‘liq ta’minlandi. 2023 yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Z.B. Mahkamova YUNISEF xalqaro tashkiloti ijtimoiy siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi U. Aliyev hamda milliy konsultant D. Isayeva bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, 208 ta tuman shaharlarda 9406 ta mahalladagi xotin-qizlar faollari va yo‘nalishga mas’ul xodimlar uchun o‘quvlarni tashkil etish, tizim xodimlaridan supervayzerlar tayyorlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni respublika miqyosida ommalashtirishni jadal tashkil etish, tegishli vazirliklar bilan ma’lumotlarni integrasiya qilishni xal etish kabi masalalar kelishib olindi.