2005-yil 17-martda Amudaryo tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
11-sinf o‘quvchisi.
Adabiyotning she’riyat va publitsistika yo‘nalishida ijod qiladi. Uning ijodida ona Vatanga muhabbat va sadoqat, yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, buyuk ajdodlarimizga ehtirom, iste’dodli yoshlar hayoti, ularning orzu-umidlari va intilishlari kabi mavzular yetakchi o‘rin egallaydi.
Uning «Ilk parvozim», «Mehr», «Faxrimsan, Amudaryo», «Qalb so‘zi» nomli she’riy to‘plamlari chop etilgan.
2022-yilda Germaniyaning Berlin shahridan onlayn formatda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyada «San’at va madaniyat – milliyligimiz ko‘zgusi» nomli maqolasi bilan qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.
2022-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida nashrdan chiqqan «XXI vek. Molodej novogo Uzbekistana» xalqaro antologiyasida uning «Jenshina ne slabaya» va «Vorobey i solovey» nomli she’rlari chop etilgan.
2022-yili «Renessans davri: yoshlar nigohida» mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy konferensiyada faol qatnashib, diplom bilan taqdirlangan.
«Beshta muhim tashabbus» loyihasi doirasida ta’lim muassasalarida o‘tkazib kelinayotgan «Yosh kitobxon», «Nazm kechasi», «Yosh iste’dodlar» kabi tanlov va ijodiy uchrashuvlarda muntazam qatnashib, o‘quvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etib kelmoqda.
Yetakchiligi, tashabbuskorligi va jamoat ishlarida faolligi bilan yoshlar o‘rtasida alohida ajralib turadi.