2004-yil 11-martda Bo‘ston tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali kimyo-texnologiya fakulteti 2-bosqich talabasi.
Ta’lim dasturidagi barcha fanlarni puxta o‘zlashtirish bilan birga kimyo fanini chuqur o‘rganmoqda. O‘zining bilim va iqtidorini namoyon etgan holda respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
2019-yilda Singapurda bo‘lib o‘tgan xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalini qo‘lga kiritgan.
2020-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan respublika onlayn olimpiadasida 1-o‘rinni egallagan.
2020-yilda Rossiyaning Moskva shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida onlayn o‘tkazilgan «Mega talant» xalqaro kimyo olimpiadasida I darajali diplom bilan taqdirlangan.
2021-yilda 28 ta davlat o‘quvchilari o‘rtasida onlayn formatda o‘tkazilgan 55-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 2-o‘rinni egallagan.
2021-yilda Yaponiyaning Osako shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kimyo olimpiadasida
65 ta davlatning 260 nafar ishtirokchilari o‘rtasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan.
Hozirda kimyo fani bo‘yicha yurtimiz terma jamoasi a’zolarini nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
2022-yilda shogirdi A.Nazarov 56-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 3-o‘rinni egallagan.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan. Ta’lim muassasasining internetdagi veb-sahifasiga kimyo fanidan testlar to‘plami, olimpiada masalalari va elektron uslubiy qo‘llanmalarni joylashtirish bilan bir qatorda yoshlar o‘rtasida fanga doir intellektual viktorinalar va onlayn muloqotlar o‘tkazib kelmoqda.