1999-yil 26-yanvarda Baxmal tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
Toshkent davlat agrar universitetining uzumchilik va uzumni qayta ishlash mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti.
Fan yo‘nalishining qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Innovatsion g‘oyalarini hayotga tatbiq etib kelayotgan yosh tadqiqotchi sifatida uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash borasida samarali natijalarga erishib kelmoqda.
2020-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligida yoshlarning innovatsion ishlari respublika tanlovida «Intensiv tokzor
va ko‘chatzorlar barpo etish texnologiyasi» loyihasi bilan qatnashib, g‘olib bo‘lgan.
2021-yilda Butun Rossiya iste’dodlari tanlovida «Sho‘rlangan yerlarda intensiv tokzor va ko‘chatzor barpo etish» loyihasi bilan «Eng yaxshi ijtimoiy loyiha» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan.
2022-yilda Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.
2022-yilda yurtimizning eng iqtidorli «TOP-100» talabalari safida «Ziyolilar» O‘zbekiston talabalari almanaxiga kiritilgan.
2021-2022-yillarda xalqaro va respublika miqyosidagi tanlov va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, 100 dan ortiq diplom va sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.
Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda qishloq xo‘jaligi sohasiga oid ilmiy maqola va tezislari bilan muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Jumladan, 2019-2022 yillarda Rossiya, AQSH, Italiya, Belorussiya, Hindiston, Polsha, Daniya, Niderlandiya, Kanada, Turkiya kabi davlatlarning nufuzli nashrlarida «Tok ko‘chatlarini issiqxonalarda yetishtirish», «Kurtak payvand usullari», «Intensiv tokzor uchun tok ko‘chatini yetishtirish», «Mevali daraxtlarni payvand qilishning umumiy qoidalari», «Sitrus mevali ko‘chatlarni yetishtirish» kabi 30 dan ortiq maqolalari chop etilgan.
Yetakchiligi, tashabbuskorligi va jamoat ishlarida faolligi bilan yoshlar o‘rtasida alohida ajralib turadi.