2003-yil 11-iyulda Navoiy shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
Navoiy davlat pedagogika institutining ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi.
Jurnalistika va badiiy publitsistika yo‘nalishida faol ijod qilib kelmoqda. Maqolalarida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, fidoyi zamondoshlarimiz va ilg‘or yoshlar faoliyatini keng yoritish yetakchi o‘rin tutadi.
Navoiy viloyati televideniyesi orqali namoyish etilgan «Kichkintoy» bolalar ko‘rsatuvi hamda «Davr va yoshlar», «Siz bilan hamdam» radioeshittirishlarida boshlovchilik qilib, mutaxassislar va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
«Besh tashabbus» loyihasi doirasida o‘tkazilgan «Men sevgan asar», «Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi» tanlovlarida I, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlangan.
2018-yili Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan I Respublika o‘quvchi qizlar innovatsion sammitining yakuniy bosqichida «Media va jurnalistika» yo‘nalishida «Eng yaxshi videorolik» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan.
2019-yilda Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan «Ilm-fan kelajak poydevori» shiori ostida o‘tkazilgan «Qizlarjon» o‘quvchi-qizlar respublika sammitida
«Eng faol ishtirokchi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
2019-yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi tomonidan «Navoiy ijodiga bir nazar», «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» mavzularida o‘tkazilgan insholar tanlovlarida 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan.
2019-yilda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan «Yil hikoyasi» respublika ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni egallagan.
2019-yilda Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan «Quyosh nuri» xalqaro internet olimpiadasida «Adabiyot» yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
2019-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro internet konferensiyasida «Alisher Navoiy asarlarida muhabbat talqini» mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib, diplom bilan taqdirlangan.
2020-yilda «Eng ulug‘, eng aziz» tanlovining viloyat bosqichida «Badiiy ijod» yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rinni egallagan.
2020-yilda «Ummonga intilgan irmoq» nomli she’riy to‘plami va 2021 yilda «Chin g‘azal bo‘ston ichra» nomli o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan.
2021-yili «Yosh navoiyxonlar» ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni egallab, Prezident sovg‘asi – «Spark» avtomashinasi bilan taqdirlangan.
2022-yilda «Turizm sohasidagi eng yaxshi loyihalar» tanlovining viloyat bosqichida «Eng yaxshi gid» nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, ushbu tanlovning respublika bosqichida sertifikat bilan taqdirlangan.