2001-yil 12-iyunda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi.
Jurnalistika sohasida samarali ijod qilib kelmoqda. Informatsion dastur
va loyihalari orqali jamiyat hayotini faol yoritish bilan birga, respublika miqyosida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
2019-2022 yillarda markaziy telekanallarda efirga uzatilgan «Xalqaro press klub», «Harakat va natija», «Parlament muxlisi» kabi ko‘rsatuvlar uchun 20 ga yaqin telelavha va reportajlar tayyorlagan.
2019-2022 yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Ukraina, Polsha, Ispaniya, Hindiston kabi davlatlar tomonidan ingliz tili bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashib, 30 ga yaqin sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.
2020-yilda talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan «Zakovat» intellektual o‘yinida
2-o‘rinni egallagan.
2021-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari forumida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
2022-yilda Turkiyaning Yoshlar va sport vazirligi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro media treningda faol qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.
Jamiyatdagi dolzarb masalalar, xususan, ayollar va yoshlar muammolarini o‘rganish borasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
2020-yilda talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan «Vremya Znaniy» Butunrossiya olimpiadasida jamiyatshunoslik fanidan 1-o‘rinni egallagan.
2021-yili Qozog‘istonda o‘tkazilgan «MDHning eng yosh olimasi» tanlovida
1-o‘rinni egallab, oltin medal bilan taqdirlangan.
2021-yili Qozog‘istonning «Bobek» umummilliy harakati assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan «Yil talabasi» tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
«Beshta muhim tashabbus» doirasida amalga oshirilayotgan kitobxonlik tadbirlarida tengdoshlarini badiiy adabiyotga, kitobxonlikka jalb etib, ularning bilimli, ma’nan yetuk avlod sifatida shakllanishi yo‘lida faollik ko‘rsatib kelmoqda.