1994-yil 24-aprelda Tayloq tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri.
Italyan tili yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Italyan tili bo‘yicha dolzarb ilmiy tadqiqotlar olib borib, xalqaro darajadagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda soha mutaxassislari e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Italyan tilini bilish darajasi bo‘yicha S1 sertifikatini qo‘lga kiritgan.
2021-yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol qatnashib, Italiya davlatidan kelgan xorijlik kuzatuvchilarga tarjimonlik qilgan.
2022-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan «Sharqu g‘arb renessans adabiyoti: Navoiy va Shekspir» mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasida faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.
2022-yili Italiyaning Ka Foskari universitetida o‘tkazilgan ilmiy seminarda faol ishtiroki uchun sertifikatni qo‘lga kiritgan.
2022-yili Italiyada o‘tkazilgan Tarjimonlar forumida o‘zbek va italyan badiiy asarlari tarjimasini amalga oshirishdagi ishtiroki uchun diplom bilan taqdirlangan.
2022-yilda Italiyaning Peruja hamda Milan kommunikatsiyalar va xorijiy tillar universitetlari tomonidan «Erasmus mobiliti» va «Tarjimonlar tayyorlash» loyihalarini amalga oshirishga qo‘shgan hissasi uchun «Faxriy yorliq» bilan taqdirlangan.
O‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, yoshlarning bilim
va ko‘nikmalarini xalqaro standartlar asosida mustahkamlashda faollik ko‘rsatmoqda.
2021-2022-yillarda Italiyaning Ca Foskari, Siyena hamda Milan zamonaviy tillarni o‘qitish universitetlari bilan talabalar almashinuvi bo‘yicha xalqaro hamkorlik shartnomalarini imzolagan.
Universitet qoshida italyan tilini o‘rganish bo‘yicha to‘garak tashkil etib,
14 nafar yoshlar bilan mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Italyan tili bo‘yicha gid-tarjimonlar tayyorlash kursiga rahbarlik qilib, hozirda 10 nafar yoshlarga saboq berib kelmoqda.
Adabiyotning she’riyat yo‘nalishida ijod qiladi.
2014-yilda «Bahorda entikkan orzu» nomli she’riy to‘plami nashr etilgan.
Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda yigirmadan ortiq ilmiy maqolalari va badiiy tarjimalari chop etilgan.