Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2001-yil 11-aprelda Chirchiq shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining tibbiy pedagogika va davolash fakulteti 4-bosqich talabasi.

Tibbiyot sohasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Yetakchilik
va tashkilotchilik qobiliyati, yuqori salohiyati, izlanuvchanligi va o‘qishdagi muvaffaqiyatlari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lmoqda.

Ilmiy faoliyati davomida respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli nashrlarda, ilmiy konferensiyalar to‘plamlarida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.

2020-yili mikrobiologiya fani bo‘yicha xalqaro talabalar onlayn olimpiadasida
1-o‘rinni egallagan.

2021-yilda AQShning Chikago shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro onlayn konferensiyada «Onkopatologiyasi bo‘lgan ayollarda bepushtlik sabablarini tahlil qilish» mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yilda «Immunologiya asoslari» mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan «Erudit» intellektual onlayn viktorinasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2021-yilda Toshkent shahrida «Sog‘lom turmush» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalari konferensiyasida «Eng yaxshi ma’ruzachi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan.

2021-yili Butunrossiya talabalari onlayn olimpiadasida «Davolash ishi» yo‘nalishida 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan.

2022-yilda Shvetsiyaning Stokgolm shahrida masofaviy formatda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya maqolalar to‘plamiga uning «Jigarning zaharli zararlanishi bo‘lgan kalamushlar a’zolarida fosfolipidlar tarkibining o‘zgarishi» sarlavhali maqolasi kiritilgan.

2022-yilda Qozog‘istonning Olmaota shahrida farmakologiya fani bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro fanlar olimpiadasida 3-o‘rinni egallagan.

2022-yilda onlayn formatda o‘tkazilgan Butunrossiya ta’lim loyihasi doirasida o‘tkazilgan «Eng yaxshi ilmiy-tadqiqot ishi» tanlovida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Jamoat ishlaridagi faolligi va tashabbuskorligi bilan hurmat qozongan.