2000-yil 8-avgustda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining davolash ishi fakulteti 4-bosqich talabasi.
Kimyo fani yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kreativ g‘oyalarni hayotga tatbiq etib kelayotgan yosh tadqiqotchi sifatida kimyo sohasida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
2021-2022-yillarda «Noorganik kimyo» fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari» va «Kimyoviy bog‘lanish» nomli uslubiy qo‘llanmalar hamda «Tibbiyot institutlarida gologrammalardan foydalanish» nomli elektron dasturlarini yaratib, Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomalarini qo‘lga kiritgan.
Kimyo fanining dolzarb muammolari yechimiga oid 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublika va xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan.
2021-yilda Butunrossiya xalqaro onlayn olimpiadasida kimyo fani bo‘yicha
1-o‘ringa sazovor bo‘lgan.
2021-yilda Avstriyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon yoshlar tashkiloti konferensiyasida «Snijeniye urovnya bednosti i naseleniya putyom dostijeniya seley ustoychivogo razvitiya» mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashib, 40 ta davlat yoshlari o‘rtasida «Eng yaxshi pozitsion ma’ruza» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan.
2022-yilda «Research and education» xalqaro ilmiy jurnalida «Arpabodiyon o‘simligi kimyoviy tarkibini tahlil qilish va dorivorlik xususiyatlarini o‘rganish» mavzusidagi maqolasi chop etilgan.
2022-yilda «Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida ijtimoiy-gumanitar fanlar integratsiyasi» mavzusida pedagogika fanidan o‘tkazilgan respublika onlayn olimpiadasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Yetakchiligi, tashabbuskorligi va jamoat ishlarida faolligi bilan yoshlar o‘rtasida alohida ajralib turadi.
2021-yilda «XXI asr ayoli» ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 3-o‘rinni egallagan.