Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2001-yil 14-mayda Urganch shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Urganch davlat universitetining iqtisodiyot fakulteti 4-bosqich talabasi.

Mamlakatimizda yoshlarning ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan ulkan imkoniyatlardan samarali foydalanib, turizm yo‘nalishida o‘zining innovatsion g‘oyalarini hayotga tatbiq etib kelmoqda.

«Mintaqada turistik-rekreatsion klasterlar tuzilishi va modellari» mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

2021-yilda Xorazm viloyati tarixiy yodgorliklari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi «Guest house» mobil ilovasini yaratib, o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida xizmat ko‘rsatuvchi ushbu dasturga Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomasini qo‘lga kiritgan.

2020-2022-yillarda respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy nashrlarda iqtisodiyotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan 10 dan ziyod ilmiy maqola
va tezislari chop etilgan.

2021-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiyada «Yevropa Ittifoqida tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi» mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yilda oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan fanlar olimpiadasining respublika bosqichida «Marketing» fanidan 1-o‘rinni egallagan.

2022-yilda ingliz tilini bilishni baholash darajasi bo‘yicha IELTS imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirib, 8 ballni qo‘lga kiritgan.

2021-2022 yillarda Hindistonning «Iqtisodiy o‘sish va atrof-muhit muammolari» xalqaro jurnalida «Xorazm viloyatida diniy turizm: muammolar va rivojlanish istiqbollari» va «Turizm xizmatlarining raqobatbardoshligi va sifatini oshirish omillari» mavzusidagi maqolalari chop etilgan.

2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda «Ichan qal’a madaniy yodgorliklarini asrashda 3D va VR modellardan foydalanish» innovatsion loyihasida qatnashmoqda.