Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

ibasi Abdullayeva Shirin Baxodirovna

 

2005-yil 14-dekabrda Namangan shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Toshkent shahri Yashnobod tumani 152-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

San’atning estrada xonandaligi yo‘nalishida ijod qiladi. Mamlakatimizda va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan festivallarda milliy san’atimizning noyob namunalarini tarannum etib, mutaxassislar va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.

2021-yilda Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan «Moya Rossiya» xalqaro san’at festivali va «U samogo Chernego morya» xalqaro musiqa tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2021-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro san’at tanlovida «Estrada ijrochiligi» nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni egallagan.

2021-yilda Rossiyaning «NTV» telekanali orqali efirga uzatilgan «Ti super» vokal shousida «Prostitsya» qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etib, mutaxassislar va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

2022-yilda «Yuraklarda Vatan madhi» respublika yosh ijodkorlar tanlovida estrada yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2022-yilda Ispaniyaning Lloret de Mar shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro san’at festivalida Gran-pri sohibi bo‘lgan.

Kino sohasida ham o‘z iqtidorini namoyon etib kelmoqda.

«O‘zbekfilm» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «Merosxo‘r» kinofilmidagi roli bilan muxlislar va mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Rossiyalik aktyor va rejissor Artyom Mixalkov tomonidan suratga olingan «Mister Nokaut» filmida rol o‘ynagan.