Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

2006-yil 10-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

Toshkent shahri Yashnobod tumani 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi.

Sportning shashka turi bilan shug‘ullanadi. Yuqori salohiyati va iste’dodi bilan mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosdagi nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishib, Vatanimiz dovrug‘ini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, sport ustaligiga nomzod.

2020-yilda Namangan shahrida shashka bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2021-yilda Toshkent shahar kubogi bahslarida 1-o‘rinni egallagan.

2021-yilda Turkiyaning Antaliya shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medal sohibi bo‘lgan.

2022-yilda Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida II darajali diplom bilan taqdirlangan.

2022-yilda Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida o‘tkazilgan jahon chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

2022-yilda Xalqaro nogironlar shashka qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan jahon kubogi bahslarida 1-o‘ringa sazovor bo‘lgan.

2022-yilda Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egallagan.

Tashabbuskorligi va jamoat ishlarida faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

Ta’lim muassasasida «Shashka» to‘garagini tashkil etib, yoshlar o‘rtasida muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda.