Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

 

 

Joriy yilning 13 mart kuni telegram ijtimoiy tarmoqi orqali “Xalq_dardi” kanalida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” qo‘mitasi raisi O.A.Parpibayeva fuqarolarni qabuliga kiritmaganidan shikoyat qilingan.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mazkur murojaatchi bilan suhbatlashib, quyidagilarni maʼlum qiladi: Fuqaro O.Xamidov Qo‘mita raisi O.Parpiboyevaning shaxsiy qabulini so‘rab Toshkent shahar Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limiga murojaat yo‘llagan. Shundan so‘ng fuqaroga Qo‘mita raisining qabuli har hafta payshanba kuni o‘tkazilishi to‘g‘risida maʼlumot berilgan. Mazkur murojaat bo‘yicha Qo‘mita masʼul xodimi fuqaro bilan bog‘lanib, joriy yil 16 mart kuni bo‘ladigan qabulga taklif qilishgan. Shundan so‘ng fuqaro 16 mart kuni Qo‘mita raisi O.Parpiboyevaning shaxsiy qabuliga kirgan. Qabulda fuqaroning muammolari tinglanib, arizalari rasmiylashtirilgan va arizalar atroflicha o‘rganilib, natijasi yuzasidan fuqaroga yozma ravishda javob berilishi maʼlum qilingan. Fuqaro O.Xamidav qabuldan qoniqqanligi hamda fuqarolarning muommolari Qo‘mita raisi tomonidan batafsil muhokama qilinganligini alohida eʼtirof etib, minnatdorchilik bildirib ketgan.