Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Atrofingizdagi voqealarga befarq bo‘lmang!

 

atrofingizdagi voqealarga befarq bo‘lmang!Ayol va bola huquqlari, ularni turli tazyiq va qiynoqlardan, oilaviy va pedofillardan himoya qilish dunyo hamjamiyati tomonidan eng ko‘p umume’tirof etiladigan insoniy munosabatlardan sanaladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida mustahkam huquqiy himoya yaratilgan. Ammo uning keng miqyosda amalda bo‘lishi jamiyatning har bir a’zosi, keng jamoatchilik vakillarining o‘zaro hamjihatligiga bog‘liqdir. Qiz farzand — jamiyat gultoji. Uni har tomonlama asrab-avaylash, ularning sifatli ta’lim va kasb-hunar egallashlari uchun munosib shart-sharoitlarni yaratib berish, shu bilan birga atrofimizdagi turli g‘arazli niyatdagi shaxslarning tajovuzidan himoya qilish jamiyatdagi har bir ongli kishining fuqarolik burchi bo‘lmog‘i lozim. Quyida viderolikni tomosha qilish asnosida o‘zingiz uchun munosib xulosa chiqaring.Atrofingizdagi bolalar bilan bog‘liq hech bir holatga bee’tibor bo‘lmang.

 Qo'mitaning rasmiy sahifalari

  Facebook I   Telegram I  Instagram I  YouTube