Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Joriy yilning 11 iyun kuni Surondaryo viloyati Denov tumani Zartepa mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Bobomurodova Maxfirat hovlisida qaynonasiga tegishli bo'lgan 2 bosh qoramolni tomorqasida ekilgan makkajo'xorining ichiga bog'langanini ko'rib, mollarning qoziqlarini yechib qayin ukasi, ya'ni Jo'rayev Islomning tomarqasiga o'tkazmoqchi bo'lgan vaqtida qaynukasi bilan janjallashib qolgan. Janjal natijasida qaynuka akasining oilasi bo'lishiga qaramay yangasi Bobomurodovani kaltak bilan oyoq, son qismlariga urib, tan jarohatlari yetkazgani haqidagi xabarlar  ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldi.

 

Surxondaryo viloyati hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Z.Xidirova tomonidan ushbu holatni o'rganish maqsadida hududga ishchi guruh yuborildi.

Ishchi guruh "Zartepa" MFY idorasida aybdor va uning oila a'zolari bilan suhbat o'tkazdi. Suhbat davomida bu oila a'zolari o'rtasida uy-joy masalasida avvaldan kelishmovchiliklar bo'lib kelganligi ma'lum bo'ldi. 
Jabrlanuvchi Bobomurodovaga esa himoya orderi berildi.

Mazkur holat bo'yicha tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.