Kuni kecha Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva Qo‘qon shahrining Muqimiy, “Nonvoylik guzari”, “Ustabozor” va “Navro‘z” mahallalarida bo‘lib, mahallalar va oilalarda mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, turli illatlarga barham berish, oilaviy ajrashishlar va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bu borada xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilik to‘g‘ri kelgan holat – hech qayerda ishlamaydigan xotin-qizlar, shuningdek, muammoli oilalar bilan ishlash, ularning muammolarini hal qilishga ko‘maklashish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, “Oqila ayollar” harakati va mahalladagi boshqa jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini kuchaytirish kabilarga alohida ahamiyat qaratildi.
O.Parpiboyeva Xalq banki boshqruvi raisi o‘rinbosari Gulzoda Rashidova tomonidan ushbu mahallalarda 2 ta oilaviy nizolarni bartaraf qilish, 5 ta salomatligini tiklash, 3 ta ishga joylashishga ko‘maklashish, 1 ta uy-joyi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, 1 ta tomorqasidan foydalanishga yordam ko‘rsatish kabi murojaatlar qabul qilinib, ularni tegishli tartibda bartaraf etish choralari ko‘rildi.