Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub zamiri va pirovard natijasi insonlarning hayotidan rozi bo‘lishi va oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan.
Oila farovonligi bevosita uning mustahkamligini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liqdir. Oila mustahkamligida esa, erkaklarning o‘rni, yigitlarning oilaviy hayotga tayyorligi asosiy omillardan biri.
Bugun tumandagi "Shomat" mahallasidagi hoji ona Saidaliyeva Anorxon aya xonadonida o‘tkazilgan “Otalar maktabi” va "Yigitlar klubi" faoliyati samaradorligini oshirish maqsadidagi ko‘rgazmali-amaliy seminar shu maqsadga qaratildi.
“Otalar maktabi”ning maqsadi - oilalar va mahallalarda ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish, oilalarni mustahkamlash va barqarorligini ta’minlash, yigitlarga oila boshlig‘i mas’uliyatini singdirish va tayyorlab borishdan iborat.
O‘tkazilgan seminarda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va Andijon viloyat mas'ullari, ishtirok etishdi.
Seminar ishida tuman bosh imom-xatibi, Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi rahbari , Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi oila mustahkamligini ta’minlovchi omillar to‘g‘risida ma’lumotlar berdilar.
Seminar ishtirokchilari bo‘lgan nuroniy-otaxonlar va yigitlar bunday tadbirlarning o'tkazilishi, xususan, yigitlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oila mustahkamligini ta’minlashdagi ahamiyati to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirdilar.
Ushbu tadbir mazkur xonadonda "Obod xonadon" mezonlari asosida uy-ro‘zg‘or yuritish, xonadon gigienasi va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga qaratilgan ko‘rgazmali seminar bilan davom ettirildi.
Mahalladagi xotin-qizlar faollari hamda shu mahallada istiqomat qiluvchi qo‘shnilar xonadondagi tomorqa madaniyati, oshxona, yuvinish xonalari, yordamchi xo‘jaliklar yuritish madaniyati bilan tanishdilar.