Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Bugun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada “Ma’rifat – kamolotga yo‘l”mavzusida tadbir o‘tkazildi. 
Hududlarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini tizimli va manzilli hal etish, yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish borasida juda muhim amaliy tadbirlar  tashkil etilmoqda. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga “Yoshlar balansi”ga kiritilgan Toshkent shahrining 6 ta tumanidan 30 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, ularning muammolarini tizimli o‘rganish va hal qilish borasida doimiy muloqot o‘rnatilgan. 
Oila vaxotin-qizlar qo‘mitasi va tegishli mas’ullar tomonidan ushbu qizlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib, ularga individual yondashib o‘rganilmoqda. 
“Ma’rifat – kamolotga yo‘l” mavzusida o‘tkazilgan bugungi tadbirda ushbu qizlarning 10 nafari o‘z onalari bilan birgalikda ishtirok etdi. Qizlar milliy kutubxonaga  a’zolikka qabul qilinib, Ozoda Parpiboyeva va kutubxona direktori Umida Teshaboyevalar tomonidan ularga a’zolik guvohnomalari topshirildi. Har biriga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Tadbirga taklif etilgan malakali amaliyotchi psixolog tomonidan qizlarga hayotiy va oilaviy muammolarni yengib o‘tishda ahamiyat qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar, hech qachon qiyinchiliklar va qo‘rquvlar tufayli o‘z maqsadlariga intilishdan chekinmaslik haqida keng tushunchalar berildi. 
Psixolog tomonidan yosh qizlarga xayotda o‘z o‘rnini topish borasida o‘tkazilgan trening ayniqsa, katta taassurot qoldirdi. Tadbir jarayonida qizlarning va ularning oilalarining muammo va takliflari eshitildi, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Tegishli ko‘rsatmalar berildi. Tadbir so‘nggida kutubxona imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi.


Bugungi kunga qadar biriktirilgan yoshlar bilan 66 marotaba uchrashuvlavr o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvlarda 30 nafar yoshlarning barchasi ishtirok etdi. Yoshlarning ota-onalariga (ota-onalarining o‘rnini bosuvchi shaxslarga) farzandlarining orzu-umidlari va maqsadlarini ro‘yobga chikarishda yaqindan ko‘maklashish to‘g‘risida Qo‘mita raisi O.A.Parpiboyeva imzosi bilan xatlar yuborildi.