Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59


Joriy yilning 11-12 sentyabr kunlari “O‘zcharmsanoat” uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil instituti va bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda  o‘tkazilgan “Poyafzal, kiyim-kechak, charm va mo‘ynali buyumlar konstruksiyasi, texnologiyasi va dizayni yo‘nalishlari bo‘yicha UZCHARM Style 2023”  yosh dizaynerlar  1- xalqaro tanlovi o‘tkazildi.
        Ushbu tanlov oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar   orasidan poyabzal, kiyim-kechak, charm va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlar ishlab chiqaruvchi iqtidorli dizaynerlarni aniqlash va rag‘batlantirish, charm va mo‘ynali buyumlar sohasida dizaynerlik kasbining mavqeini oshirish,  kelgusida amaliyotga joriy qilinadigan istiqbolli kolleksiyalarini tanlash, dizaynerlar va sanoat korxonalari o‘rtasida aloqalarni yanada shakllantirish maqsadida tashkil qilindi.          


TANLOV QUYIDAGI NOMINATSIYALAR BO‘YICHA O‘TKAZILDI:  
“Erkaklar poyabzalining eng yaxshi dizayni”;
“Ayollar poyabzalining eng yaxshi dizayni”;
“Bolalar va o‘smirlar poyabzallarining eng yaxshi dizayni”;
“Charm buyumlari va aksessuarlarining eng yaxshi dizayni”;
“Sport tovarlarining eng yaxshi dizayni”;
“Charmdan tayyorlangan erkaklar va ayollar kiyimlarining eng yaxshi dizayni”;
"Mo‘ynali kiyimlarning eng yaxshi dizayni".


Tanlovda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida poyabzal, kiyim-kechak va aksessuarlarni dizayni hamda  ishlab chiqarish texnologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talabalar  va  o‘quvchilar qatnashishdi. Chet ellik  yoshlar uchun onlayn formatida ishtirok etish imkoniyat yaratildi. 
Tanlovga O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston oliy o‘quv yurtlari va ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlardan 100 dan ortiq arizalar qabul qilindi.
Tanlov ishtirokchilari o‘z kolleksiyalarining eskizlarini, shuningdek, tayyor poyabzal, aksessuarlar, charm va mo‘ynadan tayyorlangan kiyimlarni taqdim etdilar.
         Ishtirokchilarning ijodiy ishlari  Turkiya, Gretsiya,    Shvetsiya va o‘zbekistonlik malakali hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
    Yaratilgan kolleksiyalar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholandi:


kolleksiyaning estetik qiymati, hozirgi tendensiyalarga muvofiqligi, o‘ziga xosligi;
kompozision yechimning yaxlitligi, ranglar va materiallar teksturalarining kombinatsiyasi, hamda materiallarni tanlash;
 kolleksiyadagi mavjud uslubning izchilligi, to‘plamda konstruktiv va texnologik topilmalar mavjudligi;
amaliy qo‘llanilishi, modellarni ishlab chiqarishda qo‘llanilish darajasi (modellarni ommaviy iste’molchilarga yo‘naltirilganligi);
mahsulot sifati va uni tayyorlash texnikasi;
taqdimot va nazariy bilimlarini namoyon eta olish darajasi. 


 "UZCHARM Style 2023”  yosh dizaynerlar 1-xalqaro tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimida har bir nominatsiya bo‘yicha 1,2,3 o‘rin g‘oliblari statuetka, dimlom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.