Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida  qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yangi O‘zbekistonda oila va xotin-qizlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishning dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi. 
Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Sarvar Mamayusupov ochib berdi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ilmira Basitxanova va boshqa hamkor tashkilot hamda  idoralarning mas’ullari ishtirok etishdi. 
Seminar jarayonida “Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash va mavjud muammolar”, “Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish masalalari”, “Ayol -  jamiyat ko‘zgusi, millat poydevori”, “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularga munosib mehnat sharoitini yaratish hamda Milliy gvardiya tizimidagi xotin-qizlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar”, “Sog‘liqni saqlash tizimida onalik va bolalik hamda ayollar salomatligini ta’minlash, ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi islohotlar” mavzularida ma’ruzalar tinglandi. 
Tadbir yakunida Oila va xotin qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning mazmuni, sohalari va tartibini belgilab beruvchi memorandum imzolandi. 

Memorandumda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarida xizmat qilayotgan ayol harbiy xizmatchilar, xodimlar va ishchi-xizmatchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini doimiy himoya qilish hamda gender tenglikni ta’minlash;
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va faolligini oshirishda, ularning bu boradagi savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish kabi masalalar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.