Ozoda Parpiboyeva ma'ruzada mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan qator natijalar haqida to‘xtaldi. Birgina misol. So‘nggi yillarda xotin-qizlarga oliy ta’lim olish uchun yaratilgan keng imkoniyat va imtiyozlar gender tenglikni ta’minlash borasidagi maxsus choralarning eng muhimi bo‘ldi. Jumladan:
har yili ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlarni davlat granti (2000 ta kvota) asosida oliy ta’lim muassasalarga o‘qishga qabul qilib kelinmoqda.
Shu kunga qadar qariyb 7 mingga yaqin xotin-qizlar davlat granti asosida oliy ta’lim o‘qishga qabul qilindi.
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qiz har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinmoqda.
Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab berilishi va bunga har yili kamida davlat byudjetidan 200 milliard so‘m ajratib borilmoqda.
2022/2023 o‘quv yili mobaynida 14 mingdan ziyod magistraturada o‘qiyotgan talaba qizlarning 153,4 mlrd so‘m miqdorida kontrakt to‘lovlari Davlat byudjetidan qoplab berildi.
Oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish tizimi joriy etildi.
2022/2023 o‘quv yilida ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan 170 mingdan ziyod talaba xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan 7 yil muddatga 1 trln 579 mlrd so‘mdan ziyod foizsiz ta’lim krediti ajratildi.
muhtoj yolg‘iz ayollar va boquvchisini yo‘qotgan qizlarni oliy ta’limdagi kontrakt-to‘lovlarini qoplab berilmoqda.
2021-2022 yillar davomida shunday vaziyatdagi 4 ming nafarga yaqin talaba xotin-qizlarning kontrakt to‘lovi qoplab berildi.
davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasalari doktoranturasiga faqat xotin-qizlar uchun har yili 300 tadan maqsadli kvota ajratib borilmoqda.
Kuni kecha esa Hukumat qarori bilan “Kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) bo‘yicha ta’lim olayotgan xotin-qizlarning to‘liq davlat granti asosida ta’lim olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar to‘liq davlat granti asosida o‘qiydilar.
Kollej va texnikumlarga o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar uchun talab etiladigan davlat granti mablag‘lari respublika byudjetidan ajratiladi.
Xotin-qizlar uchun yaratilgan ushbu imkoniyat ayollar kam faoliyat yuritayotgan sohalarda ularning ulushini oshishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tmoqchiman, bugungi kunda respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xotin-qizlarning soni jami talabalar soniga nisbatan qariyb, 49 foizni tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun 2017 yilda ushbu ko‘rsatkich 37 foiz edi.
Magistratura bosqichida o‘qishini davom ettirgan talaba-qizlar soni jami talabalar soniga nisbatan 51% foizga yetdi.