Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

 

Ma’lumki, bugungi kunda ayollar onkologik kasalliklari orasida nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda ham eng ko‘p tarqalgani ko‘krak bezi saratoni hisoblanadi. Shuningdek, ayollarda uchraydigan saraton kasalliklari ichida o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham ko‘krak bezi saratoni birinchi o‘rinda turishi sir emas. 

Buning oldini olishda eng muhim omillardan biri so‘zsiz mazkur xastalikni erta diagnostika qilishdir. Ammo ko‘krak bezi saratoni dastlabki boschiqlari asoratsiz o‘tgani bois ham, ayollar bu davrda shifokorga murojaat qilmaydi va mazkur kasalikni erta tashhislashning ko‘p hollarda imkoni bo‘lmaydi. 

Mazkur holatga ayollarning e’tiborini tortish maqsadida oktyabr oyi jahonning ko‘plab davlatlarida “Ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashish oyi” yoki “Pushti tasma oyi” deya e’lon qilingan. 

Shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Markaziy poliklinika,  zamonaviy mammografik tizim ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan mahalliy “TSMT” kompaniyasi bilan hamkorlikda  maxsus loyihaga start berilmoqda. 

Shu o‘rinda ta’kidlash darkorki, ko‘krak bezining kichik o‘smalarini ham yuqori texnologik raqamli uskuna – mammografda olingan rentgen tasviri - mammografiya yordamida aniqlash mumkin.
 
Hurmatli OAV vakillari, sizni joriy yilning 16 oktyabr kuni (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Markaziy poliklinikada)  “Onkoskrining va ko‘krak bezi saratonining erta diagnostikasi” ijtimoiy loyihasining ochilish marosimiga taklif etamiz.