Olmaotada boʻlib oʻtayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari ayol rahbarlari ishtirokidagi ayyollar muloqotida gender tengligi, tinchlik va xavfsizlik masalalari muhokama qilinmoqda
Ayni daqiqalarda Olmaota shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbar ayollari ishtirokida “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” mavzusida ayollar muloqoti xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiya doirasida ishtirokchi davlatlarning davlat organlari rahbarl ayollari ishtirok etmoqda.
Mazkur ayollar muloqotida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpabayeva “Markaziy Osiyoda BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-sonli “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” rezolyutsiyasini amalga oshirishdagi taraqqiyot” mavzusidagi nutqida "Fuqarolik jamiyati institutlari dolzarb muammolarni hal etish, jumladan, ayollar va qizlar huquqlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi" deb takidlab o'tdi.
-Bugungi kunda O‘zbekistonda 7 mingga yaqin nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 300 dan ortig‘i gender masalalari bilan shug‘ullanadi. Ushbu nodavlat notijorat tashkilotlari xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish, ularning huquqlarini himoya qilish, gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olish va stereotiplarga qarshi kurashishda davlat va mahalliy hokimiyat organlarining muhim hamkorlari hisoblanadi.