Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Samarqand shahrida “Onalar bog‘i” tashkil etildi

Bugun Samarqand shahrining Qorasuv massivida xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Onalar bog‘i” tashkil etildi.

Yangi bog‘ga ko‘chat ekish ishlarida  Oila  va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, Samarqand viloyat va  shahar hokimligi hamda mahalla xotin-qizlar  faollari  va yoshlar, ishtirok etishdi

Ajratilgan yer maydoniga turli xil ko‘rinishdagi manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, har bir ko‘chatni parvarish qilish, o‘z vaqtida sug‘orish bo‘yicha mas’ullar tayinlandi va zarur tavsiyalar berildi.

Samarqand shahrining yana 200 ta mahallasida bu kabi joylar tashkil etiladigan bo‘ldi.