Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Kеyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan "Yashil makon" dasturi umummilliy loyihaga aylandi. “Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim”, - dеydi muhtaram Prеzidеntimiz.

Darhaqiqat, ko'chat ekish, bog' yaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Muqaddas dinimizda ham ko'chat ekish ajri nihoyatda savobli amal sifatida baholanadi. Mazkur xayrli tadbirlarda xotin-qizlar ham faol qatnashishmoqdalar. 

Xiva tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan “Xotin-qizlar yashil makon uchun” shiori ostida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri amalga oshirildi. 

Unda mahalla xotin-qizlar faollari hamda bir guruh tashabbuskor ayollar ishtirok etdi. 

Ushbu tadbirlarda turli manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.