O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2022 yil 21 sentyabrdagi
PQ-376-sonli qaroriga muvofiq, mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilmoqda
Manzilli ro‘yxatga muvofiq, 2022-2024 yillarda jami 1 595 ta mahallada markazlar tashkil etiladi.
2023 yilning 1 oktyabr holatiga 911 ta mahallada tashkil etilishi belgilangan markazlardan 909 tasi barpo etilgan.
2023 yilning oktyabr oyi rejasidagi 223 ta mahalladan 91 tasida markazlar ochilgan, 132 ta mahallada tashkiliy ishlar davom etmoqda.
2023 yil yakuniga qadar 458 ta mahallada markazlar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda amaliy ishlar olib borilmoqda.