Kuni kecha Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mahkamova raisligida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oqila ayollar” harakatining “Oila farovonligini ta’minlashda muammo va yechimlar” mavzusidagi onlayn seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ul rahbarlari, “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Oynisa Musurmonova va harakat a’zolari, hududiy tizimlar mas’ullari, ma’naviy-ma’rifiy soha vakillari hamda otinoyilar ishtirok etdi.
Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan ta’kidlanganidek, Davlatimiz Rahbarining ““Oqila, go‘zal ayollar o‘zlarining g‘amxo‘rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Bu harakat “mahallaning vijdoni”ga aylanishi kerak. Chunki ma’rifatli jamiyatni ma’rifatli onalarsiz qurib bo‘lmaydi” degan ishonchlari “Oqila ayollar” harakati oldiga mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda.
Seminar-treningda “Oqila ayollar” harakati yetakchisi, professor Oynisa Musurmonova hamda boshqa qator ma’ruzachilar tomonidan harakat a’zolarining mahallalarda amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi ishlari tahlil qilinib, vazifalar belgilab olindi.