Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59
2023-11-09 DIQQAT E’LON! 576

Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 noyabrdagi “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 650-sonli qarori va mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tо‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, markazlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash hamda ularni kasbga о‘qitish faoliyati bilan bog‘liq bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida har bir nafar bandligi ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun Oila va xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga 3 million sо‘mdan oshmagan miqdorda navbatdagi davlat granti ajratilishini e’lon qiladi.
Shu munosabat bilan mahallalarda markazlar faoliyati uchun navbatdagi davlat grantini olish istagida bо‘lgan tadbirkorlik subyektlari 2023 yil 25 noyabrga qadar tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlariga loyihalari va tegishli hujjatlarini taqdim etishlari mumkin. Davlat granti ajratish yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat granti ajratishga qо‘yiladigan talablar va grant mablag‘laridan foydalanish tartibi tо‘g‘risida Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi rasmiy veb-sayti https://wcu.uz/oz da joylashtirilgan yoki https://lex.uz/docs/6277196 sayti orqali Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 noyabrdagi 650-sonli qarori bilan tanishish orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.