Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

 

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida" 2022 yil 21 sentabrdagi PQ-376-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahallalarda tashkil etiladigan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlarining manzilli rо‘yxatiga muvofiq 2022-2024 yillarda jami 1 595 ta mahallalarda markazlar tashkil etilishi belgilangan.
Jumladan, 2023 yilning 1 oktabr holatiga 911 ta mahallalarda markazlar tashkil etilishi belgilangan bо‘lib, shundan 909 ta mahallalarda markazlar barpo etilgan. 2 ta mahallada (Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida) markazlarni tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
2023 yilning oktabr oyida 223 ta mahallalarda markazlar barpo etilishi belgilangan bо‘lib, shundan 91 ta mahallalarda markazlarni barpo etish ishlari yakunlangan va qolgan 132 ta mahallalarda markazlarni tashkil etish ishlari olib borilmoqda va ular joriy oy yakuniga qadar tо‘liq tashkil etiladi.
2023 yil noyabr oyida markazlar tashkil etilishi kerak bо‘lgan 219 ta mahallalardan 58 tasida markazlar tashkil etilgan bо‘lib, 161 tasida markazlarni tashkil etish bо‘yicha ishlar olib borilmoqda.
2023 yil dekabr oyida 219 ta mahallalarda markazlar tashkil etilishi belgilangan bо‘lib, bugungi kun holatiga ularning 56 tasida markazlar tashkil etilgan va qolgan 163 tasida esa markazlarni tashkil etish bilan bog‘liq ishlar olib borilmoqda.
2023 yil yakuniga qadar, ya’ni oktabr-dekabr oylarida 458 ta mahallalarda markazlar tashkil etilishi lozim va ularni tashkil etish bо‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
2024 yilda 23 ta mahallalarda (Andijon viloyatida 22 ta, Namangan viloyatida 1 ta) markazlar tashkil etiladi.
2022-2024 yillarda tashkil etilishi belgilangan jami 1 595 ta mahallalardan bugungi kunga qadar 1 114 tasida markazlar tashkil etilib, qolgan 481 ta mahallalarda ham qarorda belgilangan muddatlarda markazlarni tashkil etish choralari kо‘riladi.