Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59
2023-11-13 Briging 379

  1. Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 noyabrdagi “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 650-sonli qaroriga muvofiq, markazlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash hamda ularni kasbga о‘qitish faoliyati bilan bog‘liq bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga har 1 nafar bandligi ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun 3 million sо‘mdan oshmagan miqdorda Oila va xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan navbatdagi davlat granti ajratilishini e’lon qiladi.

Shu munosabat bilan mahallalarda markazlar faoliyati uchun navbatdagi davlat grantini olish istagida bо‘lgan tadbirkorlik subyektlari 2023 yil 25 noyabrga qadar tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlariga loyiha takliflarini va hujjatlarini taqdim etishlari mumkin.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali taqdim etilgan loyihalar 28 noyabrgacha tuman-shahar ishchi guruhlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq kо‘rib chiqiladi.

30 noyabrga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan Oila va xotin-qizlar qо‘mitasiga davlat granti ajratilishi sо‘ralgan buyurtmanoma yuboriladi.

Loyihalar 15 dekabrga qadar Respublika komissiyasi tomonidan kо‘rib chiqiladi. Komissiya qaroriga kо‘ra 2023 yil 20 dekabrga qadar Oila va xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan navbatdagi davlat granti ajratiladi.

Tanlovning zaruriy talablari va grant mablag‘laridan foydalanish tartibi tо‘g‘risida Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi rasmiy veb-sayti orqali yoki Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 noyabrdagi 650-sonli qarori orqali batafsil ma’lumot olish mumkin.

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi muhim yо‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Sо‘nggi yillarda sohaga oid qonunchilik yanada takomillashtirilib, 40 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila institutini har tomonlama mustahkamlash bо‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati – sohaga oid yirik islohotlar va ularning amaliy natijalari dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda.

Islom Hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda davlat va jamiyatning rivojlanishida xotin-qizlarning ishtiroki yuzasidan о‘zaro fikr va tajriba almashish, yurtimizda xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlarni targ‘ib etish,  ushbu yо‘nalishda xorijiy davlatlar bilan о‘zaro manfaatli hamkorlikni yо‘lga qо‘yish maqsadida 2023 yilning 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida “Xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha О‘zbekiston va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tajribasi” mavzusida yuqori darajadagi xalqaro forum о‘tkaziladi.

Forumning asosiy maqsadi – oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyat hayoti va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bо‘yicha Islom hamkorlik tashkiloti davlatlarining о‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish va tajriba almashishdir.

Forumda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

– Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni huquq va manfaatlarini ta’minlash sohasidagi erishilgan yutuqlar va tashabbuslarni kо‘rib chiqish;

– xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida Islom hamkorlik tashkilotiga  a’zo davlatlarning ilg‘or tajribasi, amaliyoti va innovatsion yondoshuvlari bilan tanishish va keng foydalanish;

– iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish;

– gender siyosatining turli sohalari bо‘yicha о‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yо‘nalishlarini belgilash;

– xotin-qizlarning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishdagi ishtirokini kengaytirish;

– О‘zbekistonda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar haqida taqdimotlar qilish.

Forumdan quyidagi natijalarga erishish kutilmoqda:

– Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning roli va о‘rnini oshirishga qaratilgan yangi tashabbus va takliflar ilgari suriladi;

– oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyat hayoti va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, tadbirkorligini rivojlantirish, oila va xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi nodavlat, notijorat tashkilotlarning ishtiroki kabi yо‘nalishlarda ijobiy tajribalar almashiniladi.

– ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oila institutini mustahkamlash borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.