Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59
2023-11-17 PRESS-RELIZ 398

Qashqadaryo viloyatida "INNOWOMENWEEK"– ixtirochi  xotin-qizlarning innovatsion haftaligi о‘tkazilmoqda

Xotin-qizlarini innovatsion loyiha va ishlanmalarini joriy etishda har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishlariga kо‘maklashish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatlariga innovatsion yondashuvni joriy qilish maqsadida Qashqadaryo viloyatida 13-17 noyabr kunlari  “INNOWOMENWEEK” – ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi о‘tkazilmoqda.

 Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida bо‘lib о‘tayotgan      "INNOWOMENWEEK"   ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligida olima, doktorant, magistrant, talaba qizlar va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.

         Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etildi:

  • Ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlarning innovatsion loyiha, texnologiya hamda mahsulotlarining kо‘rgazmasini о‘tkazildi;
  • “Eng yaxshi innovatsion loyiha” va “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” tanlovlarida g‘olib bо‘lgan xotin-qizlarning taqdimotlari muhokamasi va taqdirlash marosimini tashkil etildi;
  • “Fan va texnika taraqqiyotida xotin-qizlarning о‘rni” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkazildi;
  • Olima ayollarning talaba-qizlar bilan uchrashuvlari о‘tkazildi;
  • Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, fandagi yutuqlarni tijoratlashtirish, Xalqaro va Respublika tanlovlarida ishtirok etish uchun loyihalarni tayyorlash bо‘yicha о‘quv seminar о‘tkazildi;
  • Talaba-qizlar ishtirokida "Biz albatta maqsadimizga erishamiz" mavzusida motivatsion trening о‘tkazildi;
  • Muvaffaqiyatlarga erishgan ixtirochi va tadbirkor ayollar tomonidan kо‘rgazmali amaliy mashg‘ulotlar hamda davra suhbatlari tashkil qilindi;
  • Dissertatsiya ishlari tayyor bо‘lgan doktorant va tadqiqotchi ayollar ishtirokida ilmiy seminar о‘tkazildi;
  • Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Inkubatsiya markazi faoliyati bilan tanishildi.

Bugun ixtirochi xotin-qizlarining innovatsion haftaligi doirasida о‘tkazilgan tadbirlar bо‘yicha hisobotlar, xotin-qizlar о‘rtasida ilm-fan va ixtirochilikni rivojlantirish bо‘yicha tavsiya va takliflar muhokamasi о‘tkazilmoqda.

Haftalik davomida о‘tkazilgan kо‘rgazma, forum, ilmiy seminarda faol ishtirok etgan va о‘quv seminarlarda ta’lim olgan xotin-qizlarni sertifikat bilan taqdirlash maosimi bо‘lib о‘tadi.

Forumda ishtirok etgan xotin-qizlar о‘zlarining texnika, texnologiya va  iqtisodiyot yо‘nalishida  olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari bо‘yicha ma’ruzalar qilishdi.  

Haftalik doirasida Qashqadaryo viloyati olima ayollari tomonidan jamiyatimizda bо‘lgan turli yо‘nalishdagi muammolarni hal etishga yо‘naltirilgan  ijtimoiy loyihalar ham taqdimot qilindi.

Shuningdek, haftalik doirasida о‘tkazilgan forum, kо‘rgazma va tadbirlarda  Oila va xotin-qizlar qо‘mitasining Xotin-qizlar о‘rtasida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish bо‘limi boshlig‘i, texnika fanlari doktori, professor Karima Norqulova va viloyat hokimligi mas’ullari qatnashishdi. Qashqadaryo viloyatidagi OTM larida faoliyat yuritayotgan olima ayollar, doktorant, magistrant va talaba qizlar bilan uchrashuv о‘tkazishdi. Haftalik doirasida о‘tkazilgan forumda xotin-qizlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarning natijalari, oliy ma’lumotli va olima ayollar safini oshirish, ularni zamonaviy ixtisosliklarni egallashga hamda  ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishga  keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.