Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Joriy yilning 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tajribasi” mavzusida yuqori darajadagi xalqaro ayollar forumi o‘tkaziladi.
Forumning asosiy maqsadi – oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyat hayoti va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha Islom hamkorlik tashkiloti davlatlarining o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish va tajriba almashishdir.


Forumning quyidagi masalalalar muhokama qilinadi:
 

 Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni huquq va manfaatlarini ta’minlash sohasidagi erishilgan yutuqlar va tashabbuslarni ko‘rib chiqish;
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning ilg‘or tajribasi, amaliyoti va innovasion yondoshuvlari bilan tanishish va keng foydalanish;
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
gender siyosatining turli sohalari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash;
xotin-qizlarning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishdagi ishtirokini kengaytirish;
 O‘zbekistonda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida taqdimotlar qilish.
Forumdan quyidagi natijalarga erishish kutilmoqda:
 Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning roli va o‘rnini oshirishga qaratilgan yangi tashabbus va takliflar ilgari suriladi;
 oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyat hayoti va davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, tadbirkorligini rivojlantirish, oila va xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanuvchi nodavlat, notijorat tashkilotlarning ishtiroki kabi yo‘nalishlarda ijobiy tajribalar almashiniladi.
 ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oila institutini mustahkamlash borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.


Forumda Islom hamkorlik tashkiloti Bosh Kotibiyati, Islom hamkorlik tashkiloti Ayollar taraqqiyoti tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi 
va tuzilmalari mutasaddilari hamda Islom hamkorlik tashkilotiga  a’zo davlatlarning oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha shug‘ullanuvchi davlat organlari rahbarlari, Hukumat vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.