Joriy yilning 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar tajribasi” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.
Forumda 20 dan ortiq davlatlardan 40 nafarga yaqin Hukumat a’zolari, yirik tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchilari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, 18 ta xalqaro va milliy televideniye xodimlari, yirik internet nashrlari vakillari, shuningdek, mamlakatimizdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Hukumat, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari qatnashdi.
Forumning asosiy qismida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Narbayeva Tanzila Kamolovna (onlayn video murojaat shaklida), Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibining gumanitar, madaniy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Doktor Tarig Ali Baxit, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Jazoir Milliy birdamlik Oila va ayollar ishlari vaziri Kautar Kreyko, Quvaytning Ijtimoiy masalalar bo‘yicha vaziri Maryam Al Azami, Islom hamkorlik tashkilotiga aloqador ayollarni rivojlantirish Tashkilotining birinchi ijrochi direktori Afnan Al-Shuaybi, Misr Arab Respublikasi Ayollar milliy uyushmasi prezidenti Maya Mursilar ma’ruza qildi.
Anjuman ishi quyidagi 5 ta shoʻbaga bo‘lingan holda tashkil etildi:
“Xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish mexanizmlari”;
“Xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, innovasion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va IT ga keng jalb etish”;
“Xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash”;
“Globallashuv jarayonlarida oilaviy qadriyatlarni saqlash
hamda oila institutini mustahkamlash”;
“Ayollarning ta’lim va mehnat sohasidagi huquq va imkoniyatlarini oshirish istiqbollari”.
Ma’ruza va muzokaralar jarayonida musulmon jamiyatlarida ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning hurmat-e’tibori, qadr-qimmatini saqlash, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, ta’lim bilan qamrab olish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Xalqaro konferensiya davomida ishtirokchilar tomonidan quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
Forum yakunida Kommyunike qabul qilindi.
Asosiy qismdan so‘ng, xorijiy spikerlar ishtirokida Xalqaro matbuot anjumani tashkil etilib, unda 40 ga yaqin mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etdi.
Forum jarayonida Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mahkamova hamda Jazoir Milliy birdamlik Oila va ayollar ishlari vaziri Kautar Kreyko; Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Parpiboyeva hamda Eron Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi, vazirlikning ayollar va inson huquqlari bo‘yicha bosh direktori vazirlikning ayollar va inson huquqlari bo‘yicha bosh direktori Maxnaz Afhami, Misr Ayollar Milliy uyushmasi prezidenti Maya Mursiylarning o‘zaro muloqoti tashkil qilindi.