Yangi yil shodiyonalari oldidan ehtiyojmand oila farzandlarining holidan xabar olish, ularga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida turli o'yinchoq va shirinliklar ulashish an'anasi ezgu qadriyatdir.
Oila va xotin-qizlar qo'mitasi raisi rahbarligida tashkil etilgan ana shunday tadbirga bir guruh xotin-qizlar va bolajonlar taklif etilib, ularga bayram sovg'alari ulashildi. Bu kabi tadbirlar yurtimizning barcha hududlarida davom etmoqda.