Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Atoqli, hassos  o‘zbek shoirasi Zulfiya 1915 yilning 1 martida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Shoira umr bo‘yi jurnalistika hamda nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938 yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillarda “Bolalar” nashriyoti muharriri, O‘zbekiston davlat nashriyoti bo‘lim mudiri, 1953 yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953 yildan to 1980 yilga qadar - salkam o‘ttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. 
Yirik o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, o‘z ijodi  bilan millionlab  qalblarni maftun etgan, o‘zbek adabiyotining yirik vakili Zulfiya  1996 yilning 1 avgustida vafot etdi. She’riyat malikasining  hayot yo‘li barcha zamonlar avlodi  uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli bo‘lib qolaveradi.
Davlatimiz tomonidan  Zulfiyaga yuksak hurmat ko‘rsatilib,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son Farmoni bilan shoira nomiga  davlat mukofoti joriy etilgan.