Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Yurtimizda nogironligi bo‘lgan ayollar o‘rtasida Paralimpiya harakatini yanada ommalashtirish, ularni para sport turlariga keng jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorligida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Xotin-qizlar kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. An’anaviy tarzda tashkil etilgan turnirda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 100 nafarga yaqin kar va zaif eshituvchi, tayanch harakat a’zolari shikastlangan va aravachada harakatlanuvchi hamda zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz xotin-qizlar sportning para shaxmat hamda para stol tennisi turlari bo‘yicha o‘zaro g‘oliblik uchun bahs olib borishdi Tadbirlar jarayonida Qo‘mita raisi Ozoda Parpiboyeva ishtirok etdi