Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Mamlaktimizda ijtimoiy faol ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlab borish, ularni o‘qitish, malakasini oshirish imkoniyatlari yaratilgan. Bu borada Davlat boshqaruvi Akademiyasida alohida “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv kurslari tashkil etilgan.

Mazkur maktabda  har yili zaxiraga olingan xotin-qizlardan 100 nafari o‘qitib kelinmoqda.

Ayni daqiqalarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori,  Davlat boshqaruvi akademiyasi, hamkor vazirlik va idoralar hamda hududiy hokimliklar hamkorligida “Rahbar ayollar maktabi” kursining uchinchi mavsumiga start berilmoqda.

Tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o’rinbosari Amirtemurxon Musayev, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva,  Davlat boshqaruvi akademiyasi  rektori Adham Bekmurodov ishtirok etmoqda.