“O‘zbekneftgaz” AJda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari faoliyati samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Qayd etish kerakki, bugungi kunda Jamiyatda jami 32106 mingdan ortiq rahbar va mutaxassis faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 3809 tasini xotin-qizlar tashkil etmoqda.
Oliy Majlis Senatining “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasi” ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tgan yili Jamiyat Markaziy apparati, tarkibiy bo‘linmalari hamda tasarrufidagi tashkilotlarda Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashlari tashkil etildi.
Ishlarni tizimli ravishda tashkil etish maqsadida Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun alohida 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturlari tasdiqlandi.
Jamiyat Markaziy apparati, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha maslahat kengashi a’zolari, departament boshliqlari hamda hududiy kengash a’zolari ishtirok etgan davra suhbatida maslahat kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.