Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Oqqo‘rg‘on tumanida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, “Xalq banki” boshqaruvi raisi Gulzoda Rashidova, Toshkent viloyat hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zuhra Mirgaziyevalar rahbarligida respublika, viloyat va tuman mas’ullari, “Mahalla yettiligi” uchun seminar o‘tkazilmoqda. Asosiy masala - Yangiyo‘l tumani “Qirsadaq” mahallasida joriy etilgan tizimni Oqqo‘rg‘on tumani mahallalariga tatbiq etish.

Yangi tizim asosida avvalo tumandagi barcha mahallalarda xonadonbay xatlov o‘tkazgan holda ishsiz, ishlash istagini biladirgan xotin-qizlarni, ularning imkoniyat va extiyojlari aniqlanadi hamda mahallalar kesimida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq manzilli choralar belgilanadi.

Bunda asosiy e’tibor xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, ijtimoiy himoyaga muxtoj xotin qizlarga zarur tibbiy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish, aholi tomorqasidan samarali foydalanish, mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga qaratiladi.