Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59
2024-04-05 BRIFING 700

 

1. Ma’lumki, Davlatimiz Rahbari tomonidan 7 mart kuni xotin-qizlarga yо‘llagan tabrigida mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini yangi bosqichga kо‘tarish, ularning bandligiga kо‘maklashish maqsadida, Senat Raisi T.Norboyeva boshchiligida maxsus komissiya tashkil etilishi, ushbu komissiya kelgusi yil 8 martga qadar har bir hududda “favqulodda holat” rejimida ishlab, xotin-qizlarni kasb-hunarga о‘qitish, badligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish bо‘yicha ishlarni mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil qilishi belgilangan edi.

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha berilgan vazifalarni eng quyi tizim – mahalladan boshlash maqsadida Toshkent viloyati Yangiyо‘l tumanining “Qirsadaq” mahallasi namunaviy ish tashkil etish uchun tanlab olindi.

Hozirgi kunda Senat Raisi rahbarligida “Qirsadaq” mahallasida uyma-uy yurish orqali yangi biznes g‘oyalariga ega xotin-qizlarni aniqlash, ularning tashabbuslarini rо‘yobga chiqarish, loyihalarini sifatli ishlab chiqish va amalga oshirishga har tomonlama kо‘maklashilmoqda.

Ayni vaqtda “Qirsadaq” mahallasi tajribasi barcha hududlarga joriy etilmoqda.

Shuningdek, 2024-2025 yillarda tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qо‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqilmoqda.

 

2. Bugungi kunda kasb-hunar о‘rganishga jalb qilingan ishsiz xotin-qizlar ishsiz, ehtiyojmand ayollar, shuningdek, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida 1 633 ta mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilgan.

Mazkur markazlar orqali ishsiz, band bо‘lmagan xotin-qizlarga mahallalarda tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik kabi yо‘nalishlarda ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish faoliyatini yо‘lga qо‘yishga kо‘maklashish, tadbirkorligini rivojlantirish, bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar haqida xabardorligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish, ular о‘rtasida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.

3. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning faolligini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 2023 yil 21 dekabrdagi PQ-401-son qaroriga muvofiq, zamonaviy milliy liboslarning eskizlarini yaratish uchun tadbirkorlarga taqdim qilish hamda ommalashtirish maqsadida aprel-may oylarida respublika bо‘ylab “Nafosat” kо‘rik-tanlovi о‘tkaziladi.

Tanlovda 18 yoshdan yuqori, о‘z dizaynerlik faoliyatiga hamda mazkur sohada kamida bir yil tajribaga ega bо‘lgan, turli soha vakillarining faoliyatidan xabardor, о‘z liboslarida milliylik va zamonaviylikni uyg‘un ifodalay oladigan tashabbuskor dizaynerlar, ishtirok etishi mumkin. 

 

Tanlov 3 bosqichda о‘tkaziladi:

1-bosqich – mahalla bosqichi – 15-25 aprel  kunlarida;

2-bosqich – tuman va shaharlar bosqichlari – 25 apreldan
5 mayga qadar muddatda;

3-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari – 2024 yil 5-15 may Xalqaro oila kuni arafasida tashkil etiladi.

Shuningdek, “Nafosat” kо‘rik-tanlovi doirasida milliy liboslar vositasida xalqimizning asrlarga tutash bо‘lgan о‘tmishi, urf-odati va an’analari, о‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etish maqsadida joriy yilning
8-14 aprel kunlari
yurtimiz bо‘ylab “Xon atlas” haftaligi о‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi dizayner-modelyerlarni “Nafosat” tanlovida faol qatnashishga hamda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha xotin-qizlarni “Xonatlas” haftaligida faol ishtirok etishga chorlaydi.

E’tiboringiz uchun rahmat!