O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash mezonlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Asos - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Resublikasi Prezidentinig 1999-yil 10 iyundagi “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF–2326-con Farmoniga axborottexnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtdorli qizlarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2024 yil 7 fevraldagi PF–34-son Farmon.
Qaror bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblarni aniqlash mezonlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilmoqda.
Mazkur Nizomda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlariga qo‘yiladigan talablar, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlarni tanlashda inobatga olinishi lozim bo‘lgan mezonlar, talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish, hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi, talabgorlarni tanlash bosqichlari, hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi belgilanmoqda.
Ma’lumot uchun - har yili har bir hududdan 2 nafardan (jami 28 nafar) 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi. Ta’sis etilgandan buyon ushbu mukofot bilan jami 452 nafar qizlar taqdirlangan.