Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sport vazirligi, Gimnastika federatsiyasi hamkorligida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarni sportga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish maqsadida vazirlik va idoralar xodimlari hamda ularning oila a’zolari o‘rtasida “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti sport majmuasida “Gimnastrada” sport festivali bo‘lib o‘tdi.
Festival maqsadi - sportning "Gimnastrada" turini ommalashtirish, xotin-qizlarni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish va uni yanada rivojlantirish.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva ishtirok etdi.