Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

 

 

Respublika Bolalar ijtimoiy moslashuv markazi binosida Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi va UNISEF xalqaro tashkiloti hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 iyunda qabul qilingan "Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga koʻtarish hamda xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 300-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 7 kunlik trening dasturi oʻtkazildi.

Trening mashgʻulotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi mutaxassislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari xodimlari ishtirok etdilar.

Oʻquvlar davomida ijtimoiy ish, ijtimoiy muammolarga qarshi javob berish, ijtimoiy ish xodimlarining vazifa va funksiyalari, ijtimoiy ish xodimining amaliyot darajasi tekshirildi, yangi bilim va koʻnikmalar berildi.

Oʻquv treninglarning yakunlovchi kunida ishtirok etgan Bosh vazir oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova bu treninglar tizim xodimlarining kelajakda fuqarolar bilan ishlashida asqotishiga umid bildirdi.