Ishonch telefoni: 1146 Telefon: +99871 202-10-59

Oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatini izchil amalga oshirishda mutasaddi boshqarma va idoralarning oʻzaro hamkorligini yanada mustahkamlash bo'yicha qoʻshma qaror qabul qilindi.

 

Oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatini izchil amalga oshirishda mutasaddi boshqarma va idoralarning oʻzaro hamkorligini yanada mustahkamlash, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarni oldini olish borasida quyi tuzilmalarning oʻzaro hamkorligini joriy etish maqsadida Farg'ona viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat Sudi, viloyat Prokuraturasi, Ichki ishlar, Adliya, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash hamda Bandlik bosh boshqarmalari, Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi boshqarmasining qoʻshma qarori qabul qilindi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mazkur hamkorlik jarayonida mahallalarda, birinchi navbatda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ogʻir boʻlgan va ijtimoiy-maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar oshgan mahallalarda tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazib borish shu kunning muhim vazifasi ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.

Unda viloyat hokimi oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Komila Kavlonova soʻz olib, oilalarni mustahkamlash, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish, notinch oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirishda mahalla faollari, xotin-qizlarni ish bilan bandligiga koʻmaklashish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlar bilan individual ish olib borish, ularni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish, fuqarolar yigʻinlaridagi jamoatchilik tuzilmalari ishini samarali tashkil etish, “Oila muqaddas - nikoh muqaddas” gʻoyasini targʻib qilishda barcha hamkorlarimizning koʻmagiga tayanamiz" - deya ta'kidlab o'tdi.